"Bir million oʻzbek dasturchilari" koʻrik-tanlovining birinchi bosqichiga start berildi

   Samarqand viloyati hokimining "Bir million dasturchi" loyihasi doirasidagi Full-Stack, Android ilovalar, Front-End va ma'lumotlar tahlilchisi  yo‘nalishlari bitiruvchilarini aniqlash va ushbu loyihani aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash,“Bir million O‘zbek dasturchilari” loyihasi bo‘yicha Samarqand viloyati umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari orasidan dasturlash bo‘yicha iste’dodlarni aniqlash, teran fikrlaydigan, intiluvchan yoshlarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda yanada ruhlantirish maqsadida  o‘tkazilmoqda.

  Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshligʻi  Zebuniso Shodieva Toyloq tumani 15-IDUMda oʻtkazilayotgan tanlovda boʻlib, ishtirokchi oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va o‘quvchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди