Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash tizimi xodimlari uchun seminar o'tkazildi

   So‘ngi ikki yilda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasiga oid 30 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi. Qolaversa, davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishlarda va hududlarga tashriflari mobaynida sohaga oid ustuvor vazifalar belgilab berilmoqda. Biroq, sohaga oid huquqiy hujjatlar hamda vazifalarning mazmun-mohiyati ijrochilarga yetib borayaptimi? Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi xodimlari bugungi davr talabiga mos ravishda faoliyat yuritib, qarorlar ijrosini sifatli ta’minlayaptimi?
   

   Ushbu savollarga o‘rin qoldirmaslik, tizim xodimlarining huquqiy bilimlarini yanada oshirish, sohaga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan respublikamizning tuman shaharlarida o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda. 
   Ana shu tadbirning navbatdagisi bugun Toyloq tumanida bo‘lib o‘tmoqda. Bulungʻur, Toyloq hamda Samarqand tumanlaridagi mahalla  raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari va mutaxassislarini bir joyga jamlagan o‘quv-seminar ishtirokchilar uchun har tomonlama foydali ekanligi bilan ahamiyatlidir. 

   Bir kunga mo‘ljallangan o‘quv soatini Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi boshqarma boshligʻi Mukarrama Nurmatova o‘tkazmoqda. Unda oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajrimiarning sabablarini o’rganish va bartaraf etish, notinch oilalardagi muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etish tartib-tamoyillari, mahallalarda qizlarning qobiliyatlarini oʻz vaqtida aniqlash, ular bilan maqsadli ishlash boʻyicha aniq tizim, oʻziga xos tajribani yaratish mexanizmlari, mahallalarda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat hamda hamjihatlik muhitini shakllantirishda xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlarning vazifalari haqida soʻz yuritilmoqda.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди