Yangi gazeta taqdimoti bo'lib o'tdi

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi muassisligida chop etilayotgan “Ijod yo‘li” gazetasining taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi rahbari T. Tugalov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z. Avazov, tuman “Nuroniylar” jamg‘armasi raisi M. To‘rayev hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari, yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. 
     -“Ijod yo‘li” gazetasi yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan, - deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi rahbari T. Tugalov. -  Samarqandlik shoir va yozuvchilar, umumta’lim maktablarda faoliyat yuritayotgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar, o‘quvchi va yoshlar o‘z ijod namunalarini chop etishlari uchun ayrim qiyinchiliklar yuzaga kelayotgan bir paytda gazetaning tashkil etilishi ularga ancha qulaylik tug‘dirishi shubhasiz. 
   Tadbir davomida maktablarda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarning asosiy vazifalari o‘sib kelayotgan yoshlar o‘rtasida iqtidroli o‘g‘il-qizlarni izlab topish  hamda ularning ijodlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat ekanligi va bu vazifaga mas’uliyat bilan yondashish kerakligi, har bir bola bilan alohida shug‘ullanib, ularga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhim ekanligi ta’kidlandi. 
   Tadbir so‘ngida tadbir ishtirokchilari faoliyatlari bilan bog‘liq savollariga batafsil javoblar olishdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди