Tadbir “Samarqand shahri kuni”ga bag‘ishlandi

  1996 yil 18 oktyabr kuni – Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyida Samarqand shahri «Amir Temur» ordeni bilan taqdirlangan va ushbu sana “Samarqand shahri kuni” deb belgilangan edi. Chorak asrdirki, bu kun viloyatimizda keng nishonlanib kelinmoqda.

   Ana shunday tadbirlardan biri 21-umumta’lim maktabida tashkil etildi. Unda o‘quvchilar xilma-xil dasturlar, qo‘l mehnati, shuningdek, saxovatli zaminimizda yetishtirilgan noz-ne’matlar ko‘rgazmasi hamda madaniy-ma’rifiy dasturlari bilan ishtirok etishdi. 
   Uch ming yillik tarixga ega ilm, savdo-sotiq va hunarmandchilik markazi shuningdek, dunyo taraqqiyotining yirik markazlaridan biri hisoblangan Samarqand shahri hamda u yerda joylashgan me’moriy-tarixiy yodgorliklar haqidagi ma’lumotlarni rus, o‘zbek va ingliz tilida aytib o‘tishdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди