«QO‘SHCHINOR» YARIM FINALGACHA BORDI

    O‘zbekiston "Yoshlik­" jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan Respublika Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda!» shiori ostida futbol musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada viloyatimiz sharafini himoya qilgan va 20­-maktab o‘quvchilaridan tarkib topgan «Qo‘shchinor» futbol  jamoasi o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallab, yarim finalgacha yetib  bordi va yakunda  eng kuchli to‘rt jamoa safidan o‘rin oldi. 

     Qo‘shchinor mahallasida tumanimizning yosh «charm to‘p» ustalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. So‘zga chiqqanlar yosh futbolchilarga keyingi bellashuvlarda omad tiladilar.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди