Toyloqda “Keksalar haftaligi" davom etmoqda

   Milliy an’ana va qadriyatlarimizning o‘ziga xos ko‘zgusi sifatida bo‘lib o‘tayotgan mazkur haftalik nuroniylar ko‘nglini ko‘tarishda, ularni qo‘llab-quvvatlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

    Tumanimizning Qo‘shchinor mahallasida tashkil etilgan tadbir ham yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Mahalla choyxonasida yozilgan to‘kin dasturxon atrofiga yig‘ilgan yoshi ulug‘ insonlar bugungi dorilamon kunlarga shukrona keltirishdi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi B. Bobonazarov hamda sektorlar rahbarlari otaxonu onaxonlarning oila va jamiyatda tutgan beqiyos o‘rni xususida so‘z yuritib, samimiy tilaklarini bildirishdi. 

   Tadbir doirasida keksalar o‘rtasida futbol, shaxmat-shashka musobaqalari, shuningdek, tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Qolaversa, betob yotgan bemor onaxonu otaxonlar holidan xabar olinib, qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди