Navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi

    Bugun Toyloq tuman hokimligida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

   Sessiyada tuman kengashi deputatalari, sektorlar rahbarlari, siyosiy partiyalar tuman kengashlari raislari hamda masalaga aloqador tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

    Sessiyada kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar deputatlar tomonidan muhokama etildi.

   1. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar muammolarini hal etish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining oʼrinbosari J.Haqberdiyevning hisoboti toʼgʼrisida.

     2. Tuman hokimining oʼrinbosari J.Haqberdiyevning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida”gi PF-6155-sonli Farmonining 2021 yil 1-yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan hisoboti.

     3. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2021 yil 24 mart kuni oʼtkazilgan videoselektor majlisining 16-sonli bayonnomasining 7 bandi ijrosini taʼminlash yuzasidan tuman sektor rahbarlarining yagona onlayn tizimiga maʼlumotlarni kiritilishi yuzasidan qilinayotgan ishlar toʼgʼrisida.

   4. “Аgrobank”АTB Toyloq filiali boshqaruvchisi v.v.b F.Aminovning tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish boʼyicha koʼrilayotgan choralar toʼgʼrisidagi hisoboti.

   5. Аksionerlik-Tijorat Xalq banki Toyloq tuman fililali boshligʼi B.Berdimurodovning tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish boʼyicha koʼrilayotgan choralar toʼgʼrisidagi hisoboti.

    6. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining rahbarligidagi 2021 yil 18 may kuni kengaytirilgan tarzda oʼtkazilgan videoselektor majlisi 31-sonli bayonining 18-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda koʼp kvartirali uy-joylardan foydalanish va saqlash borasidagi ishlarning borishi boʼyicha Xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlik guruhlari tomonidan oʼtkazilgan oʼrganish yuzasidan hisoboti toʼgʼrisida.

  7. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʼi Sh.Sharipovning mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qoʼshimcha rezervlarni aniqlash boʼyicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda toʼlanganligi, ular boʼyicha soliq qarzdorligi toʼgʼrisidagi hisoboti.

   8. Tuman Аdliya boʼlimi boshligʼi А.Gʼaforovning tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʼllash amaliyoti holati boʼyicha axboroti.

   9. Yoshlarni  ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash maqsadida tuman “Yoshlar daftari” jamgʼarmasidan mablagʼ ajratish va sarflanishini nazorat etish toʼgʼrisida.

   10. Toyloq tuman Prokurorining tumanda Jinoyatchilikka qarshi kurash va qonuniylik axvoli yuzasidan axboroti to’g’risida.

  11Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va koʼmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 250-son Qarori ijrosini ta’minlash hamda “Temir daftari”ga kiritilgan, hozirda doimiy daromad manbai bilan taʼminlangan fuqarolarni daftardan chiqarish toʼgʼrisida.

   Kun tartibidagi barcha masalalar deputatlar tomonidan muhokama etilgach, tkgishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди