Toyloqda ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi. 

   Unda "Eng namunali tuman va shahar" tanlovi doirasida Toyloq tumanida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi a’zolari,  Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i Farxod Nazarov, Toyloq tumani faollari, shuningdek, viloyatdagi 16 ta tuman va shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etishdi. 
   Kengashda  Respublika ishchi guruhining Toyloq tumanida olib borgan o‘rganishlari natijalari, tumanda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021 yil 26 martdagi "Ma’naviy va ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

   Aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish,  oilada, mahallalarda hamda jamoat tashkilotlari bilan hamjihatlikda ishlash albatta, ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlarimizning samaradorligini oshirishda muhim o‘rin egallashi ta’kidlab o‘tildi.
   Ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan birga  kamchiliklar ham mavjud ekanligi aytib o‘tildi. Hamda ko‘rilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
  Tadbir davomida tuman faollari sohani rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi fikr va takliflarini bildirishdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © ХОКИМИЯТ ТАЙЛАКСКОГО РАЙОНО. Сайт разработан SAKTRM