Toyloqlik nuroniylar Toshkent bo‘ylab sayohat qilishdi

      Ma’lumki, oktyabr oyining birinchi haftasi respublikamizda “Keksalar haftaligi” deb e’lon qilindi va mahallalarda turli tadbirlar tashkil etildi. Toyloq tumanida o‘tkazilgan ana shunday tadbirlarning yakuni sifatida Toshkent bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan sayohatda 50 nafar otaxonu onaxonlar taklif etildi va ular poytaxtning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi. 
   Ziyoratchilar dastavval, Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan "Yangi O‘zbekiston" bog‘ini aylanishdi. Shuningdek, Zangi ota,  Hazrati Imom masjidi,  Gʻalaba bog‘i  kabi bir qator qadamjolarni ziyorat qilishdi. 

   Azim Toshkent bo‘ylab o‘tkazilgan sayohat davomida toyloqlik nuroniylar  ulug‘ tariximiz va buyuk ajdodlarimizga ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tiborga guvoh bo‘lishdi.
    - Biz keksalarga alohida e’tibor qaratib, ana shunday izzat-hurmat ko‘rsatishgani uchun avallambor yurtboshimizga hamda tuman hokimligi mutasaddilariga minnatdorchilik bildiramiz,-deydi "Birlik” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Umrzoq bobo Aliyev. –Keyingi yillarda Toshkentda juda katta o‘zgarishlar bo‘lganiga guvoh bo‘ldik. Ayniqsa, Madaniy-me’roslarimizni asrab-avaylashga alohida e’tibor berilayotgani biz keksalarni juda quvontirdi.

2015-2018 © ХОКИМИЯТ ТАЙЛАКСКОГО РАЙОНО. Сайт разработан SAKTRM