Toyloqda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida tadbir bo'lib o'tdi
18.11.2021 - 19:57O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining 2021 yil 29 oktabrdagi B-92-sonli buyrug‘i hamda Samarqand viloyat Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasining “Keksalar uchun turizm oyligi”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2020 yil 1 noyabrdagi № 01-1021- sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida bugun 2021 yil 18 noyabr kuni bir guruh nuroniylarga tadbir tashkil qilindi.
Tuman xokimi B.Bobonazarov, mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i B.Xushnazarov, Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi M.To‘rayevlar tumandagi 100 yoshdan oshgan Nuroniy onaxonlar Anbar aya Razzoqova va Marziya aya Shamsiyevalar xonodonida bo‘lib ularning xolidan xabar oldilar va onaxonlarga "Yuz yosh bilan yuzlashganlar" kitob albomini sovg‘a qilindi.
Shundan so‘ng nuroniylar tumandagi Shopo‘lot mahallasidagi “Madaniyat uyi” ga tashrif buyurishdi. Nuroniylarga Madaniyat bo‘limi jamoasi tomonidan "Ehtirom, e’zoz, e’tibor" nomi ostida o‘tkazilgan konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir davomida Nuroniylar tumandagi olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdi. Ular tumanda yangi qurilgan ARM binosini va undagi badiiy adabiyotlar bilan tanishishdi. Shuningdek nuroniylar tumandagi zamonaviy tipda qurilgan “MILANO ” mehmonxonasi va Davlat xizmatlari Agentligi binosiga ham tashrif buyurib u yerda yaratilgan shart sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Shundan so‘ng nuroniylar tumandagi “Temurjon” to'yxonasida bir piyola choy ustida suhbat qurishdi.
Tushlikdan sung Nuroniylarga viloyatimizdagi Go‘ri Amir ziyoratgohiga sayohat tashkil qilindi.