“ҲЕЧ КИМ МЕҲРДАН ЧЕТДА ҚОЛМАЙДИ”

Joriy yilning 10 aprel kuni tumandagi 21-umumta'lim maktabida tuman hokimligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, harbiy qism va O'zLeDiP tuman Kengashi hamkorligida “HECH KIM MEHRDAN CHETDA QOLMAYDI” loyihasi doirasida tadbir o'tkazildi.

Tadbirda ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan va harbiy xizmat chog'ida halok bo'lgan fuqarolar farzandlari, kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan, ijtimoiy himoyaga muxtoj oila farzandlari hamda maxsus hisobdan chiqarilgan oila farzandlari jalb etilib, ularga tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan o'quv-qurollari, badiiy kitoblarlar tarqatildi. Tadbirda harbiy qism orkestorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Shu bilan birgalikda, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan, yakka tartibda uy sharoitida ta'lim olayotgan imkoniyati cheklangan o'quvchilarning uylariga borib, xolidan xabar olindi va ularga o'quv qurollari bilan birga badiiy kitoblar jamlanmalari topshirildi.

 

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi