Zamonaviy uylar harbiy xizmatchilarga madad bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumani “Olmos” mahalla fuqarolar yig‘inida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 – 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu yerda 48 ta besh qavatli uy bunyod etilmoqda. 

1 ming 440 xonadondan iborat ushbu turar joylar Vatan himoyachilariga topshiriladi. O‘ziga xos harbiy shaharcha bo‘ladigan ushbu mavzeda bolalar bog‘chasi, maktab, poliklinika va boshqa ijtimoiy ob’ektlar barpo etiladi. 

Davlatimiz rahbari hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, uylarda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bunday uylarning qurilishi mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Vatan himoyachilarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning uzviy davomi ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari bilan muloqot qildi.

 

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi