“Mard o’g’lon” Davlat mukofoti

   O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi “Mard O’g’lon” davlat mukofoti ta’sis etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3402-son Qarori hamda unga ilova bilan “Mard o’g’lon” davlat mukofoti to’g’risidagi Nizom tasdiqlangan.Nizomga muvofiq, “Mard o'glon” davlat mukofoti ilmiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelayotgan 14 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorliyigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat soxalarida hamda hududni muxofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan aloxida yutuqlari uchun berilishi belgilangan. Shu munosabat bilan, fan-olimpiadalarda yuqori o'rinlarni egallagan, xalqaro va respublika miqiyosidagi tanlovlar va musobaqalarning g’oliblarixaqidagi ma’lumotlarni ilovadagi jadval asosida joriy yilning fevral oyi yakuniga  qadar O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toyloq tuman Kengashi apparati Davlat mukofotlariga nomzodlar bilan ishlash bo’limiga taqdim etishingizni so’raymiz.

(Murojaat uchun tel: +99893 338-42-37)

Manzil: Toyloq Agrotadbirkorlik kasb-hunar kolleji binosi, 2-qavat.

Image_elon: 
2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi