Donorlik — sharafli ish

Donor aksar hollarda o‘ziga notanish kishi hayotini saqlab qolish uchun ham yashashini doimo yodda tutadigan insondir.

Donorlik qilishga ahd qilgan inson mas'uliyatni o‘z bo‘yniga oladi. Kechagina u faqat o‘z sog‘ligi uchun javob berardi, bugun esa — boshqalarning ham hol-ahvolidan xabardor bo‘ladi. Endi uning hayotida ilgari noma’lum bo‘lgan ma’no paydo bo‘ldi, ya’ni falokatga uchraganlarga salomatlik ulashish va yangi qondoshlar orttirish, aka-uka, opa-singil, farzand….

Agarda siz ham donorlik qilishni niyat qilgan bo‘lsangiz, 24- avgust 09:⁰⁰da Jumabozor OSHPda  bo'lib o'tadigan “DONORLIK KUNI” aksiyasiga qatnashing va kimningdir umrini saqlab qolgan QAHRAMONga aylaning. 

Donorlik sizga o‘zgalar hayotini saqlab qolganingiz uchun quvonch va faxr tuyg‘usini bersin!

Image_elon: 
2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi