Navbatdagi sessiya o‘z ishini boshladi

      Ayni damda tuman hokimligida Xalq deputatlari Toyloq tuman kengashining navbatdagi 40-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, sektorlar rahbarlari, sudlar rahbarlari, tuman “Qo‘shchinor” gazetasi muharriri hamda masalaga aloqador tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishmoqda.

    Sessiya ishini kengash raisi Bahodir Bobonazarov olib bormoqda.

    Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan: 

     1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Q.Ismoilovning 2021-yil III-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti.

       2. Jinoyat ishlari boʻyicha toyloq tuman sudi, Toyloq tumanlararo fuqarolik sudi va Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan 2021-yil III-chorak davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborotlari.

       3. Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Sh.Tursunovning tumanda Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash faoliyati yuzasidan hisoboti.

      4. Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

      5. Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish va sarflanishini nazorat etish toʻgʻrisida.

      6. Toyloq tumani mahalliy byudjetining ijrosi toʻgʻrisida shuningdek hudud salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjet daromadlarining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish yoʻnalashlari, jumladan, mahalliy byudjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari toʻgʻrisida.

     7. Toyloq tuman mahalliy byudjetining 2021 yil III-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻrisida.

     8. Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 2021-yil  9-sentyabrdagi VI-37-47-7-104-K-21-sonli qaroriga oʼzgartirish kiritish toʼgʼrisida.             

     9.  Boshqa masalalar.                                              

 

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi