“Open budjet” 2-mavsum yakunlandi: Unda Toyloq tumanidagi qaysi loyihalar  g‘olib bo‘ldi?

   Joriy yilning 27-avgustidan 16-sentyabr kuniga soat 10:00 ga qadar o‘tkazilgan 2-mavsum tashabbusli byudjet jarayonlarida Toyloq tumani bo‘yicha fuqarolar tamonidan jami 168 ta loyiha ilgari surilib, ularning 148 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi.
   Jamg‘armada shakillangan 7 mlrd. 301 mln. 787 ming 972 so‘m mablag‘lar doirasida ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, 5 ta loyiha (38347 ta ovoz  to‘plagan holda) g‘olib deb topilmoqda.
  1. Yangi hayot MFY Navqoz qishlog‘iga ichimlik suvi uchun suv minorasini qurish  va 5 km tarmoq tortib, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash (8755 ta ovoz).
  2. "Xonchorbog‘" MFY Xonchorbog‘ ko‘chasiga 1,5 kilometr asfalt yotqizish. (7613 ta ovoz). 
  3. Talli ota MFYning (Diyor ko‘chasi 610 metr, Muruvvat ko‘chasi 1225 metr, Navbahor ko‘chasi 1325 metr) ta’mirtalab ko‘chalariga asfalt yotqizish. (7438 ta ovoz).
  4. Toyloq tumani Do‘stlik mahallasidagi jami 4 km ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizish.(7321 ta ovoz).
  5. Beklar MFYdagi Tabassum ko‘chasiga 300 metr, Farg‘ona ko‘chasiga 700 metr, Sayilgoh ko‘chasiga 500 metr, Xondamir ko‘chasiga 600 metr va Sochaki poyon ko‘chalariga 500 mert, jami 2.6 km ichki yo‘llarga asfalt qoplamasini yotqizish. Axoli qatnov yo‘lakchalarini shakllantirish (7220 ta ovoz).
   Demak, joriy yilning 2-mavsum tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga ko‘ra, tumandagi 1 ta mahallada axolini ichimlik suvi bilan taminlash hamda 4 ta mahallada ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari amalga oshiriladi.

2015-2018 © GOVERNMENT OF TAYLOKH DISTRICT. Maked my SAKTRM