Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

   “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan joriy yilning 27 fevral kuni soat 15:00 da Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi yetmishinchi sessiyasi chaqirilmoqda.

    Tadbir tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Sessiya ishida quyidagi masalalalar kun tartibiga kiritilmoqda:

1. Tuman hokimining oʻrinbosari J.Haqberdiyevning tumanda yoshlar muammolarini oʻrganish, ularning hal etilishiga koʻmaklashish, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini

2. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha “Chorbog‘tepa”, “G‘o‘lba”, “Beklar” va “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi hokim yordamchilarining 2022-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari to‘g‘risida

3. Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining jamoat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari Z.Qobilovning tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida

4. Tuman ichki ishlar bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor rejalari to‘g‘risida

5. “Hududgaz” Toyloq tumani filiali boshlig‘i B.Sharapovning aholini uzluksiz tabiiy gaz va suyultirilgan gaz balonlar bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlari hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalari to‘g‘risidagi hisoboti

6. Tumandagi ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ga kiritishning 4-bosqich ro‘yxati, xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan amaliy yordamlar pragnozi va ularning muammolarini hal etish va ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida

7. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni sektorlar kesimida “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida

 

2015-2018 © GOVERNMENT OF TAYLOKH DISTRICT. Maked my SAKTRM