Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

 “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi ellik to‘qqizinchi sessiyasi 2022-yilning 27-iyun kuni soat 10-00 da tuman hokimligining majlislar zalida chaqirilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi ellik to‘qqizinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilmoqda:

1. Tuman hokimligi Ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi K.Xamroyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

2. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi F.Mirbabayevning  tumanda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarni oʻz muddatlarida toʻliq va samarali bajarilishi yuzasidan hisobotini eshitish.

3. Tumanda sektorlar kesimida “Temir daftar”ga kiritilgan, hozirda doimiy daromad manbayi bilan taʼminlangan fuqarolarni kambagʻal oilalar roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisida.

4. Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 13-iyundagi 187-k-sonli xatining ijrosi to‘g‘risida.

5. Boshqa masalalar.

2015-2018 © GOVERNMENT OF TAYLOKH DISTRICT. Maked my SAKTRM