“Baxtli oila saboqlari”

   Oilalar mustahkamligida keksa avlod vakillarining o‘rni beqiyos. Chunki ular bosib o‘tgan hayot yo‘li yosh oilalar uchun ibrat maktabini o‘taydi. Bugun tumanimizning Shopo‘lot mahallasida nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham ana shu maqsadga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. 
    “Keksalar haftaligi” doirasida tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi  tuman bo‘linmasi hamkorligida tashkil etilgan “Baxtli oila saboqlari” deb nomlangan tadbirda ro‘zg‘or aravasini birga tortib, uzoq yillar tinch-totuv yashagan, el koriga yaraydigan farzandlarni voyaga yetkazib, tarbiya bergan otaxonu-onaxonlar tadbir mehmoni bo‘lishdi. Shuningdek, tadbirda yoshlar, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 
    Tok-shou tarzida o‘tkazilgan tadbir avvalida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i Farhod Nazarov so‘zga chiqib, tadbirdan ko‘zlangan ezgu maqsad va uning samarasi haqida so‘z yuritib, keksa avlod vakillariga samimiy tilaklarini bildirdi. 
   Tadbir davomida tomoshabinlar juftliklarga oila mustahkamligi omillari, farzand tarbiyasidagi mas’uliyat, o‘zaro ahillik, er-xotin munosabatlari borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Tadbir qahramonlari har bir savolga hayot tajribalaridan kelib chiqib javob berishdi. Shuningdek, arzimagan sabablar tufayli shoshma-shosharlik bilan ajrashishga qaror qilayotgan yosh oilalarga pand-nasihat qilishdi. Oila mustahkamligi borasidagi qarashlarini aytib o‘tishdi. 
  Savol-javoblardan so‘ng tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan musiqiy dastur namoyish etishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga tuman hokimining tashakurnomasi hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Xuddi shunday tashakkurnoma va sovg‘alar Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi va tuman bo‘linmalari tomonidan ham taqdim etildi.

Nigina RAHMATOVA,

tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2018 © GOVERNMENT OF TAYLOKH DISTRICT. Maked my SAKTRM