Kichik biznes subyektlari diqqatiga!

       4-kb savolnoma shakli “Mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida”  Mikrofirma va kichik korxonalar - (Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha) tomonidan 4-kb statistik savolnoma shaklini elektron ko‘rinishda  avtomatlashtirilgan eStat 4.0 tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etilishi mumkinligi hamda ushbu savolnomani to‘ldirilgan chorakdan keyingi oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan taqdim etilishini ma’lum qilamiz.

               Korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda bosh hisobchilari diqqatiga!

         Barcha iqtisodiy faoliyat turlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, qurilish xo‘jalik boshqaruv organlarini qo‘shgan holda (kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklardan, notijorat tashkilotlardan tashqari) 4-invest (asosiy) shakli (choraklik)Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida hisobot Davlat statistika hisobotini  2021 yilning 6 oktyabr sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishlari shart!

Korxona va tashkilotlar rahbarlari va hisobchilari diqqatiga!

         Yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy egalari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari)  4-Mehnat shakli (Mehnat hisoboti) (choraklik) Davlat statistika hisobotini 2021 yilning 6 oktyabr sanasidan kechiktirmasdan www.stat.uz yoki www.samstat.uz veb-saytlarida joylashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimi eStat 4.0 dasturi orqali elektron ko‘rinishda elektron imzodan foydalangan holda xato va kamchiliklarsiz taqdim qilish lozimligini eslatib o‘tamiz.

Toyloq tuman statistika bo'limi

Murojaat uchun telefonlar: (71) 230-85-63

 

 

 

 

 

 

 

2015-2018 © GOVERNMENT OF TAYLOKH DISTRICT. Maked my SAKTRM